Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Sanoat rivoji – hududlar taraqqiyoti garovi

Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Bu yig‘ilishda asosiy e’tibor – har bir hududning sanoat salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlashga qaratildi.

Prezident har bir tuman va viloyatda sanoat klasterlarini tashkil etish, tadbirkorlikka ko‘mak berish, xomashyoni chuqur qayta ishlovchi korxonalarni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Bu esa joylardagi iqtisodiy faollikni oshirish, aholi bandligini ta’minlash va importga qaramlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda belgilangan vazifalar – mahalliy sanoatni rivojlantirish orqali butun mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlashga qaratilgan izchil strategiyaning davomidir. Endi esa asosiy vazifa – rejalarni hayotga tatbiq etish va natijadorlikka erishishdir.

Quvondiq Safarov

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati