Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Tashrif natijalari yuksak baholandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sloveniyaga rasmiy tashrifi doirasida 22 may kuni mamlakat bosh vaziri Robert Golob bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Siyosiy muloqot, turli darajadagi aloqalar va ishbilarmonlik uchrashuvlari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki mamlakat BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash 3 barobar ko‘paydi. Madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlar kengaymoqda. O‘zbekistonda Sloveniya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgan.

O‘zbekiston bilan Sloveniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy sohalarda kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralarning samarali natijalari yuksak baholandi.

Savdo, investisiya va kooperatsiya sohalarida birgalikdagi ishlarni faollashtirish maqsadida tashrif doirasida o‘tkaziladigan biznes forumi yangi aloqalarni o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish uchun samarali maydon bo‘lishi ta’kidlandi. Talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish orqali tovar ayirboshlash hajmini 500 million yevroga yetkazish choralari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, texnologik modernizatsiyaga urg‘u bergan holda Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish rejasi tayyorlanadi. Shu ma’noda, Sloveniya yetakchi kompaniyalarining O‘zbekistonda elektrotexnika, uskunasozlik, farmasevtika, «yashil» energetika, «aqlli» qishloq xo‘jaligi sohalarida loyihalarni amalga oshirish borasidagi intilishlari qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu tashrif O‘zbekiston bilan Sloveniya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlagan holda o‘zaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.

Ismoil Xolov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati