Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 29-son maktabda ovqatlanish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 1-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoringi davom etmoqda
янв.21
📢 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish
янв.21
📄 Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha deputatlik nazorati
янв.21
🌿 O‘simliklarni himoya qilish sohasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
Deputat soʻrovi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha 11 ta hududiy dastur ijrosi nazoratga olindi
янв.21
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi
янв.21
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
🍽 Doimiy komissiya tomonidan maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
Munosabat

 Markaziy Osiyoda “Investitsiya va savdo uchun yaxlit hudud konsepsiyasi” 

             2025-yil 13-iyun kuni Ohangaron tumani kengashi 3-G`allaquduq okrugi deputati Nishanova Madxiya maxalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda joriy yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi va xorijiy investorlar kengashi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan bildirilgan muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. 

Uchrashuvda investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiy o‘sish sur’atlari, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, “yashil” energetika, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, transport-logistika sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi maqsadlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. Shu bilan birga, aholining savol va takliflari eshitildi hamda ularga aniq javob va tushuntirishlar berildi.  

Slide 1 of 1