Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
Munosabat

 Bugungi kunda Oqoltin tumanida asosiy iqtisodiy tayanch – qishloq xo‘jaligi. Shuning uchun forumda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatiga yo‘naltirilgan investitsiyalarni ko‘rish – biz uchun g‘oyat muhim. Misrlik "Nil Sugar" kompaniyasining $500 millionlik loyihasi orqali O‘zbekistonda
shakar ishlab chiqarish quvvatlari keskin ortadi. Bu Oqoltin singari agrar tumanlar uchun imkoniyatlar eshigini ochadi. 

  Shuningdek, irrigatsiya tizimlarini yangilash, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish orqali suvdan unumli foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish mumkin. Zamonaviy texnika vositalariga investitsiya kiritilishi esa bandlikni ko‘paytiradi va mehnat unumdorligini oshiradi. Bunday islohotlar nafaqat Oqoltin, balki Sirdaryo viloyatining umumiy qishloq xo‘jalik salohiyatini oshiradi. 

  Bu investitsiyalar ortidan xalqaro eksport bozorlariga chiqish imkoniyati ham paydo bo‘ladi. Ya’ni, mahsulot yetishtirib ichki ehtiyojni to‘ldiribgina
qolmay, xorijga chiqarish bilan valyuta oqimi ta’minlanadi.