Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
🟢 Shovot tumanida savdo shoxobchalari faoliyati sanitariya talablari asosida o‘rganildi
CHINOZ TUMANI. Targ'ibot o'tkazildi

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustivor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 71-sonli Farmoni qabul qilingan bo‘lib, mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi, korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish hamda bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida aholi orasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

🔰Jumladan, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxramov, tuman “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi, tuman Kengashi deputati M.Mirsodiqov, 15-Istiqlol okrugidan saylangan deputat O.Dadajonovlar tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan vazifalar ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar.

🔰Shuningdek, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni qadrlash, to‘y-xasham, maraka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, halollik, shukronalik bilan hayot kechirish muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.

Slide 1 of 3