Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 XALQ MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
⚽️ Shovotda sportga e’tibor: “Shohobod” futbol klubi qo‘llab-quvvatlanmoqda ⚽️
янв.21
🏛 Shovot tumanida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari ajratildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT YO‘NALISHIDA MUHIM TASHABBUSLAR KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
Tumanda “yashil energiya” sari muhim qadamlar: quyosh panellarini joriy etish ko‘lami kengaymoqda
янв.21
🌿 Tumandagi ekologik holat va zararli hasharotlarga qarshi kurashish ishlari o‘rganildi
янв.21
⚡️ Nosoz elektr sim ustuni bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
🌉 Ko‘raklar zaxkashi ko‘prigi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📍 Aholi murojaatlari e’tibor markazida
CHINOZ TUMANI.YANGI O‘ZBEKISTON – INVESTORLAR UCHUN OCHIQ, ERKIN, BARQAROR VA ISHONCHLI MAMLAKAT.

Prezidentimiz tashabbusi bilan to‘rtinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli anjuman butun dunyoga yana bir bor shundan darak beradiki, Yangi O‘zbekiston – barqaror rivojlanish, teng huquqli hamkorlik va inson qadrini ulug‘laydigan siyosati bilan xalqaro hamjamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.

Bu yilgi forumda 100 ga yaqin davlatdan 3 mingga yaqin xorijiy mehmon, yirik biznes va moliya tashkilotlari, davlat rahbarlari, shu jumladan Bolgariya, Slovakiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkmaniston kabi do‘st va qo‘shni mamlakatlardan yuqori martabali mehmonlarning ishtirok etayotgani – O‘zbekistonga bo‘lgan ishonch va hurmatning ifodasidir.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida qayta-qayta urg‘u berilgan muhim masalalar – tinchlik, barqarorlik va insonparvarlik tamoyillariga sodiq qolish, global muammolarga birgalikda yechim topish zarurati, albatta, nafaqat mintaqamiz, balki butun insoniyat kelajagi uchun dolzarb ahamiyatga ega.

Jahondagi murakkab geosiyosiy vaziyat, qurollanish poygasi, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi va Afg‘oniston hamda G‘azo kabi hududlardagi inqirozlarga O‘zbekistonning insonparvar va konstruktiv yondashuvi, biz uchun ham faxr va mas’uliyat manbaidir.

Forumning eng muhim jihati – investitsiyalar haqidagi qarashlarning yangi bosqichga ko‘tarilayotganidir. Sarmoya endi faqat iqtisodiy foyda uchun emas, balki tinchlik, adolat va inson qadrini ta’minlash vositasi sifatida qaralayotgani – Yangi O‘zbekistonning siyosiy-falsafiy yutug‘idir.

Investitsiya – faqat pul emas, balki ishonch, hamkorlik va istiqboldir. Shu ma’noda, Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning dunyo bilan ochiq muloqotga tayyor, huquqiy va iqtisodiy tizimi ishonchli mamlakat ekanini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Investorlarga teng sharoit, “milliy rejim”, “yagona darcha”, xalqaro IPO va logistika infratuzilmasini takomillashtirish kabi tashabbuslar – nafaqat iqtisodiy, balki geosiyosiy barqarorlikka xizmat qiluvchi chora-tadbirlardir.

O‘zbekiston bugun faqat investitsiyalar emas, balki tinchlik va hamjihatlikni eksport qiluvchi davlatga aylanmoqda. Bundan keyingi vazifa – ana shu ishonchni qonunchilik, adolatli boshqaruv va insonparvar siyosat orqali mustahkamlashdir.

 

Elyorjon Saidov,

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati 

Slide 1 of 1