Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar qo‘llanilishi o‘rganildi
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sport obyektlaridagi sharoitlar va imkoniyatlar o‘rganildi 🏅
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sog‘lom turmush tarzi va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi 🏅
янв.21
📌 MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NORMATIV-HUQUQIY TUSDAGI QARORLARNI QABUL QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari J.Xamroqulov hamda O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi apparat rahbari A.Tangirov ishtirokida Termiz shahar “Majnuntol” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 6-sonli umumta'lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi. Ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish yuzasidan shahardagi tegishli korxona va tashkilotlarga bir qator deputatlik so‘rovlari yuborilganligi hamda ijrosi nazoratga olinganligini ta’kidlandi. 

Uchrashuv yakunida saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

Shuningdek, deputat Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida ushbu mahallada joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida yangidan qurilayotgan o‘quv binosining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Slide 1 of 10