Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining navbatdagi 10-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining VII-chaqiriq 10-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibida, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks rivojlantirishga oid qarorlarining Dehqonobod tumanida ijro etilishi yuzasidan tuman hokimi Sh. Shokirov tomonidan batafsil axborot berildi. Unda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalari va ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, Dehqonobod tumanining ma’muriy-hududiy chegaralarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ishlarning yakuniy natijalari muhokama qilinib, tegishli qarorga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu borada Davlat kadastrlari palatasi tuman bo‘limi rahbari A. Laliyev hisoboti tinglandi.

Sessiya davomida yana bir muhim masala — tuman davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan rahbar A. Qulboevning hisoboti eshitildi. U hududdagi sanitariya holati, epidemiyalarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi.

Yakunda boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9