Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 MUAMMO NAZORATGA OLINDI!
янв.21
MEVAZOR MAHALLASIDAGI IJTIMOIY O'RGANISH
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📊 ARBOB MAHALLASIDAGI IJTIMOIY O‘RGANISH NATIJALARI
янв.21
📢 MUAMMO BOR — E’TIBOR QARATING!
янв.21
📚 DEPUTAT “XALQ KUTUBXONASI”DA
янв.21
📊XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH HAMDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI MASALALARI DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO'LIB O'TDI
янв.21
🟣 AYOLLAR MUAMMOLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALAR DASLABKI TARZDA DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA
янв.21
SHOVOT TUMANIDA ENERGIYA SAMARADORLIGI NAZORATDA
Munosabat

26 may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda muhim tashabbus — Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasini tashkil etish rejasi e’lon qilindi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputati sifatida, ushbu qarorni katta quvonch bilan qo‘llab-quvvatlayman. Negaki, mazkur tashabbus mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasining tashkil etilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro bozorlarga kirib borishiga yordam beradi.

Shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratilishida ham beqiyos o‘rin tutadi. Zero, mahalliy sanoatning rivojlanishi yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lishiga zamin yaratadi, bu esa aholi bandligini oshirishga xizmat qiladi.

Kuchli milliy brendlar mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlaydi va eksport salohiyatini oshiradi. 

Tadbirkorlik muhiti yanada yaxshilanib, tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratiladi, bu esa kichik va o‘rta biznes rivojiga turtki bo‘ladi.

Biz, deputatlar, ushbu kompaniya faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va uning samarali ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda kamarbasta bo‘lishga tayyormiz. 

Bir so‘z bilan aytganda, videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalarning samarali ijrosi va ro‘yobga chiqarilishi – O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va xalqaro maydonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi yo‘lidagi muhim qadamdir.

✍️ Vadim Li,

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati