Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi, “Adolat” Shovot tumani tashkiloti hamda tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamkorligida tumanning Turkiston mahallasi hududidagi 19-son DMTTda “Ogohlik — davr talabi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📍 Shovot tumanida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Joriy yilning 26-fevral kuni xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-Maxtumquli saylov okrugidan saylangan deputat Navro‘zov Faxriddin Qo‘zibayevich bilan hamkorlikda Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda “Yoshlarni kelajak kasblariga yo‘naltirish” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
📌 Nazorat va o‘rganish jarayoni davom etmoqda
янв.21
Seminar trening!
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal qilindi ✅
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal qilindi ✅
янв.21
2026-yil 24-fevral kuni xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati hamda Shovot tumani Huquqiy maslahat byurosi hamkorligida Shovot tumani 1-son politexnikumida “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
CHINOZ TUMANI. ISLOHOTLAR – MUVAFFAQIYATNING POYDEVORI

Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali aloqalarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida jahonda geosiyosiy va geoiqtisodiy ziddiyatlar, mintaqaviy nizolar va iqlim o‘zgarishi oqibatlari kuchayib borayotgan bugungi murakkab vaziyat shiddat bilan o‘zgarib borayotganini qayd etdi.

Prezidentimiz dolzarb xalqaro muammolarni hal etishda, birinchi navbatda, xalqaro huquq normalari va BMT Nizomiga tayangan holda tashkilot davlatlarining umumiy yondashuv va pozitsiyalarini mustahkamlash muhimligini qayd etdi.
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston yetakchisi bu borada ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi va qator yangi takliflar bildirdi.

Siyosiy jihatdan O‘zbekiston tashabbusi bilan Turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu hujjat xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikning uzoq muddatli huquqiy bazasini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Prezidentimiz savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmining o‘sishini ta’minlash va bojxona-chegara tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida davlatimiz rahbari ushbu yo‘nalish bo‘ylab “yagona darcha” va “yashil yo‘laklar” tizimini tez fursatda joriy etishga chaqirdi. Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida Turkiy davlatlarning multimodal transport va logistika xalqaro forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari Turkiy investitsiya jamg‘armasi ta’sis etilganini olqishlab, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Qo‘shma venchur kompaniyasi va Tashkilotga a’zo mamlakatlarning investitsiyaviy imkoniyatlarini taqdim etadigan yagona portal tashkil etish muhim ekanini ta’kidladi.

Sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida kimyo, energetika, tog‘-kon, yengil sanoat, farmasevtika, charm-poyabzal, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish taklif qilindi.

Davlatimiz rahbari iqlim kun tartibiga to‘xtalar ekan, yaqinda Samarqand shahrida o‘tgan Xalqaro iqlim forumi davomida “yashil” taraqqiyot sohasida global va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator muhim tashabbuslar ilgari surilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Budapesht shahrida Qurg‘oqchilikning oldini olish institutini ishga tushirish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Uning faoliyatiga ko‘maklashish va maqsadli loyihalarga kengroq jalb qilish uchun qurg‘oqchilik va ekologik muammolarning oldini olish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish taklif qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universitetining ochilishi tashkilotga a’zo mamlakatlarning ta’lim dasturlarini amalga oshirish va iqtidorli yoshlarni tayyorlashga munosib hissa bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY faoliyati va tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Turkiy madaniyat jamg‘armasi kengashining navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.

So‘zining yakunida O‘zbekiston Prezidenti turkiyalik atoqli olim, biokimyogar, Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarni Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgani bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidenti Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlari ko‘llab-kuvvatlashini ta’kidlab o‘tdi va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning bu boradagi munosib hissasini alohida e’tirof etdi.

Sammitda Navro‘z bayramini Turkiy dunyoning umumiy bayrami deb e’lon qilinganligi va har yili 15-dekabrni Xalqaro Turkiy tillar kuni deb e’lon qilinganligi butun xalqimizni ruxlantirib yubordi.

Abduvoxid Turdiboyev

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati 

Slide 1 of 1