Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining VII-18-141-12-177-K/25-sonli qarori bilan Shovot tumanida elektr ta’minoti bilan bog‘liq ko‘p yillik muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal qilindi
янв.21
“Ogohlik bo‘ling, firibgar!”
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“Мадад” ННТ ва Халқ депутатлари Шовот тумани Кенгаши ўртасида ҳамкорлик Меморандуми имзоланди.
янв.21
Urganch shahrida 2026-yil 12–13-fevral kunlari muhim va mazmunli ikki kunlik treninglar bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Yangibozor va Shovot tumanlari hamda Xiva shahar Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari, shuningdek Yoshlar maslahat guruhlari vakillari ishtirok etdi.
янв.21
Халқ манфаати назоратда: Шовотда озиқ-овқат дўконлари текширувдан ўтмоқда
янв.21
“Адолат” СДП Хоразм вилояти Кенгашининг 2026 йил 4 февралдаги 7-сонли топшириқ хатига асосан, партия томонидан 2026 йил февраль ойи давомида сифатсиз маҳсулот ишлаб чиқарилиши, нарх-навонинг сунъий равишда оширилиши ҳамда истеъмолчилар ҳуқуқларининг бузилиши ҳолатларини ўрганиш юзасидан депутатлик назорати тадбирларини амалга ошириш белгиланган.
янв.21
Deputatlar va huquqiy tashkilotlar hamkorligi mustahkamlanmoqda
янв.21
Қангли маҳалласида ички йўллар ҳолати ўрганилди
MUSTAHKAM HAMKORLIK POYDEVORI

Xabaringiz bor, shu yilning 19-21 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy maqsadi – ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish, strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yana-da kengaytirishdan iborat edi. Tashrif doirasida yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, muhim hujjatlar imzolandi va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Aytish mumkinki, bu uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarda yangi davrni boshlab berganligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, o‘zaro hamkorlikka bo‘lgan intilish, bu yo‘ldagi sobitlik, ikki davlatning bir-biriga bo‘lgan yuksak ishonchi har ikki mamlakatda ham juda kuchli ekanligi bugun hech kimga sir emas. Aslida O‘zbekistonning Vengriya bilan diplomatik munosabatlariga yurtimizning mustaqillikka erishgan ilk yillaridayoq asos solingan bo‘lib, so‘nggi paytlarda esa bu aloqalar yangicha ko‘rinish kasb etib bordi. Jumladan, 2021 va 2022 yillarda amalga oshirilgan o‘zaro rasmiy tashriflar, ikki davlat poytaxtlarida o‘tkazilgan qator biznes forumlar, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar, parlamentlar, hukumatlar, idora va hududlar darajasida samarali aloqalarning yo‘lga qo‘yilganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. BMT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlik qilinayotganligi ham davlatlar o‘rtasida o‘zaro savdo, xizmat ko‘rsatish hajmining oshishiga, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchayayotganligiga, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining ortishiga xizmat qilmoqda. Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Unda O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari haqida gap borar ekan, amaliy hamkorlik bundan keyin ham barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borishi mamnuniyat bilan qayd etildi. Shuningdek, Budapeshtda Davlatimiz rahbari Turkiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Serbiya, Vengriya Prezidentlari hamda Qatar Amiri, Vengriyaning yetakchi moliyaviy va iqtisodiy muassasalari bo‘lgan OTP Bank, Gedeon Richter, Bonafarm, Wizz Air, Meditop va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham manfaatli uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda asosiy eʼtibor mintaqaviy va global masalalarga, tinchlik va xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, bank-moliya sohasini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash kabi masalalar muhokama qilindi. Yana bir ahamiyatli jihati - shu yil iyul oyida Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida Investitsiyaviy sheriklik dasturini tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi. Shuningdek, O‘zbekiston-Vengriya Ishbilarmonlar Kengashi faoliyatini qayta tiklash va yaqin fursatda uning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish taklifi bildirildi. Mazkur uchrashuv nafaqat iqtisodiy-siyosiy, balki, ijtimiy, madaniy-maʼrifiy sohalarda yangi qadam boshlanayotganligi bilan ham g‘oyat ahamiyatlidir. Masalan, o‘tgan yilning oktyabr oyida Lakitelek shahrida buyuk shoir Alisher Navoiy byustining ochilganligi, joriy yilning yanvar oyida esa Budapeshtda O‘zbek kinosi kunlari o‘tkazilganligi, kelgusi yilni “O‘zbekiston va Vengriya madaniyati yili” deb eʼlon qilish taklifining bildirilishi, Vengriya davlat opera teatri sahnasida “Lazgi” baletini sahnalashtirish va Budapeshtdagi Etnografiya muzeyida o‘zbek madaniyati ko‘rgazmasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi barchamizni birdek g‘ururlantirishi tabiiy. Bir so‘z bilan aytganda, bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilish bilan birga, ikki mamlakat o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam poydevor vazifasini ham o‘taydi.
✅Said DONISHEV, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati 

Slide 1 of 7