Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
“IJODKOR” MAHALLASIDAGI 15 TA XONADONNI OQOVA SUV TARMOG‘I BILAN TA’MINLASH BO‘YICHA 700 METR YANGI TARMOQ QURISH REJALASHTIRILMOQDA

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “IJODKOR” MAHALLASIDAGI 15 TA XONADONNI OQOVA SUV TARMOG‘I BILAN TA’MINLASH BO‘YICHA 700 METR YANGI TARMOQ QURISH REJALASHTIRILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xabibulla Akilovning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Alisherobod” va “Ijodkor” mahallalarida infratuzilmani yaxshilash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputat Xabibulla Akilov tomonidan “6-Sarbon” saylov okrugidagi aholi murojaatlari asosida “Alisherobod” mahallasida ochiq sport maydoni barpo etish, “Ijodkor” mahallasidagi eskirgan elektr simyog‘ochlarini yangilash, ichki yo‘llarni yoritish va asfaltlashtirish, shuningdek, 15 ta xonadonni oqova suv tarmog‘i bilan ta’minlash masalalari ko‘tarilgan edi.

🔎 Mazkur deputatlik so‘rovi Toshkent shahar hokimligining tegishli topshirig‘i asosida “Toshkent shahar suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqildi. Xususan, “Ijodkor” mahallasidagi 15 ta xonadonni markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash masalasi yuzasidan tegishli ma’lumotlar taqdim etildi.

💦 Rasmiy javobga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani “Ijodkor” mahallasining Nurli Zamin ko‘chasida yashovchi aholini to‘liq oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash uchun 700 metr uzunlikdagi yangi oqova suv tarmog‘ini qurish zarurligi aniqlangan.

🏗 Shu munosabat bilan mazkur manzilda yangi oqova suv tarmoqlarini barpo etish ishlari tegishli dasturga kiritilib, moliyalashtirish manbasi aniqlangandan so‘ng 2027–2028-yillar davomida amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

📋 Shu tariqa, deputat Xabibulla Akilov tomonidan aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan masalalardan biri — “Ijodkor” mahallasidagi 15 ta xonadonni oqova suv tarmog‘i bilan ta’minlash yuzasidan mutasaddi tashkilotning rasmiy munosabati olindi. Unda zarur yangi tarmoq uzunligi aniqlanib, qurilish ishlarini moliyalashtirish manbasi belgilangach, amalga oshirishning rejalashtirilgan davri ko‘rsatildi.

🔺 Shuningdek, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan “Alisherobod” mahallasida sport maydoni tashkil etish, “Ijodkor” mahallasidagi elektr simyog‘ochlarini yangilash, ichki yo‘llarni yoritish va asfaltlashtirish kabi boshqa masalalar ham tegishli mutasaddi tashkilotlarning vakolatlari doirasida ko‘rib chiqilishi lozim.

🤝 “Ijodkor” mahallasida oqova suv infratuzilmasini rivojlantirish, 700 metr yangi tarmoq qurilishini tegishli dastur va moliyalashtirish manbalari doirasida amalga oshirish, shuningdek, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan boshqa infratuzilmaviy masalalarning amaliy yechimi deputat Xabibulla Akilov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1