Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
📌 DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalla darajasida ijro intizomi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Hisobot yig‘ilishi va ochiq muloqotda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 2-Qurama saylov okrugi deputati Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna ishtirok etdi.

🏛 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI ESHITILDI

Tadbir davomida “Beshbola pahlavo” MFY mahalla yettiligi a’zolarining mahallada amalga oshirilgan ishlar, aholi bilan olib borilgan muloqotlar, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni hal etish borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Xususan, mahalla yettiligi tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash hamda ularning muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Uchrashuv davomida deputat tomonidan mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi.

Muloqot jarayonida aholi tomonidan bildirilgan masalalar tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi, vakolat doirasida ularni hal etishga ko‘maklashish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobotlarni muntazam eshitish va saylovchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish orqali deputatlik nazoratini kuchaytirish ishlari izchil davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10