#deputat_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi
YERDAN UNUMli FOYDALANISH — FAROVONLIK VA DAROMAD MANBAI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R. Shamanov tomonidan o‘zi saylangan Qo‘ng‘irot MFY hududida yerdan unumli foydalanib, o‘z mehnati orqali daromad topayotgan fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi.
Muloqot davomida yerdan oqilona foydalanish, ekinlarni parvarishlash, mavjud imkoniyatlarni ishga solish hamda tomorqadan samarali foydalanish orqali oilaviy daromadni oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, har bir qarich yerdan unumli foydalanish nafaqat oilalar farovonligini oshirish, balki aholi bandligini ta’minlash va mahallaning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat, tashabbus va yerdan oqilona foydalanish — to‘kinlik va farovonlik garovi!