Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
SABZIPOYA MFYDA MAHALLA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#KQ_35

SABZIPOYA MFYDA MAHALLA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S. Ikromov tomonidan o‘zi saylangan Sabzipoya MFYda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 4-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati, xususan, hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash va fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning turmush sharoitini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish, mahalla yettiligi hamkorligini kuchaytirish va aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borishga alohida e’tibor qaratildi.