Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
“Abu Ali ibn Sino” sihatgohida yaratilgan sharoitlar va davolanuvchilar murojaatlari o‘rganildi

#24_ta_masala

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi, belgilangan vazifalarning bajarilishi va istiqboldagi rejalar bilan tanishdi.

Tashrif davomida Nurobod tumanida joylashgan “Abu Ali ibn Sino” sihatgohida bo‘lib, davolanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish holati hamda muassasada mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida davolanuvchilarning yashash va dam olish sharoitlari, ularning sog‘lig‘ini tiklash uchun yaratilgan qulayliklar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tibbiy xizmat sifatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, sihatgohda davolanayotgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari tinglandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad davolanuvchilar uchun munosib sharoitlar yaratilishini ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlari asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat.

Aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 4