Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
Chaman MFYda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi

Chaman MFYda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Z. Sapayev tomonidan Chaman mahallasi hududida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammolar, mavjud masalalar va ularning yechimiga qaratilgan takliflar tinglandi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish maqsadida mahalla hududiga chiqilib, mavjud muammolar bevosita ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan suhbatlashilib, muammolarni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mazkur faoliyat Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar doirasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish choralarini ko‘rish vazifalariga muvofiq amalga oshirildi.

Shuningdek, Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti asosida sohaga oid qonunchilik talablari inobatga olinib, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-445-son, 2017-yil 11-sentabr talablariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv va joyiga chiqib o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal qilish hamda ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi va belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 

Slide 1 of 2