Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
DEHQON MFYDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

DEHQON MFYDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

14-Dehqon saylov okrugi deputati F. Egamberdiyeva tomonidan Dehqon mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi N. Boltаboyevning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, aholining daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarini tushuntirish hamda mahallaning iqtisodiy salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mavjud masalalarni hal etish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1