Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
YASHNOBOD TUMANIDAGI “KATTA QO‘YLIQ” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KOMMUNAL HOLATI VA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #24_ta_tavsiyaviy_savol #19_1_Modda_ijrosi

❗️YASHNOBOD TUMANIDAGI “KATTA QO‘YLIQ” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KOMMUNAL HOLATI VA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

🏛 Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Muminov hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davronbek Ravshanbekov va Sevara Fayziyevalar birgalikda Yashnobod tumanidagi “Katta Qo‘yliq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga tashrif buyurib, ko‘p kvartirali turar joylarning kommunal holati, muhandislik tarmoqlari, elektr va issiqlik ta’minoti hamda aholining murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan 1A-sonli ko‘p kvartirali uyning 1-yo‘lagidagi liftning texnik holati ko‘rib chiqilib, uni almashtirish zarurati, tegishli hisob-kitoblarni tayyorlash hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur uyning yerto‘la qismidagi muhandislik quvurlarini tartibga keltirish, mavjud nosozliklarni bartaraf etish va yerto‘lada joylashgan transformator punktini texnik talablarga muvofiq holatga keltirish zarurligi qayd etildi.

⚡️ Bundan tashqari, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi 1-sonli ko‘p kvartirali uy oldida joylashgan TR-3851-sonli transformator punktining ichki elektr simlari va SIP tarmoqlarini tartibga keltirish masalasi o‘rganildi. Elektr xavfsizligini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

🏢 Tashrif jarayonida 1-sonli ko‘p kvartirali uyning 3-yo‘lagi, 96-xonadonida isitish tizimi bilan bog‘liq fuqaro murojaati ham ko‘rib chiqilib, mavjud nosozliklarni aniqlash va isitish tizimini soz holatga keltirish bo‘yicha boshqaruv servis kompaniyasiga topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, mazkur uy oldidagi bolalar maydonchasiga sun’iy maysazor qoplamasini yotqizish uchun zarur hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

📋 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Yashnobod tuman elektr tarmoqlari, tegishli boshqaruv servis kompaniyalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Jumladan, liftni almashtirish masalasini o‘rganish, yerto‘ladagi muhandislik tarmoqlarini tartibga keltirish, isitish tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish, elektr tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash va bolalar maydonchasini obodonlashtirish yuzasidan zarur choralar ko‘rish vazifalari belgilandi.

⚖️ O‘rganish yakunida mas’ul ijrochilarga fuqarolar murojaatlarini belgilangan tartibda hal etish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tegishli axborotlarni taqdim etish vazifalari yuklatildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10