Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan Muzrabot tumani Qizil Yarim Oy jamiyati faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida tashkilotning qonunchilik talablari asosida faoliyat yuritishi, ustav hujjatlari, boshqaruv organlari faoliyati, moliyaviy hisobotlar, davlat organlari bilan hamkorlik, grant va homiylik mablag‘laridan foydalanish hamda hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish holatlari atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonunchilik talablarining samarali ijrosini ta’minlash, tashkilot faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda mavjud amaliyotni takomillashtirishga qaratilgan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Bunday nazorat-tahlil tadbirlari mahalliy Kengashning nazorat vakolatlarini samarali amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yanada rivojlantirilishini ta’minlaydi.

Slide 1 of 3