Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
Yoshlar yetakchisi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri, 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov okrug tarkibidagi “Alpomish” mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandilar hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

💬O‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tashkil etildi. Unda davlat yoshlar siyosatini joylarda samarali amalga oshirish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar batafsil tahlil qilindi.

Nazorat davomida mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ishsiz yoshlarni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiya dasturlaridan foydalanish holati, "Yoshlar daftari" bilan ishlash tizimi hamda yoshlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at, kitobxonlik va axborot texnologiyalariga keng jalb etish, iste’dodli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda turli tanlov va loyihalarda ishtirokini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha tahlillar olib borildi.
Bundan tashqari, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, muammoli va nazoratdagi yoshlar bilan manzilli ishlash, ta’lim muassasalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Nazorat tadbiri yakunida yoshlar yetakchisi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini to‘liq ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sifatini yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazorati bundan buyon ham izchil davom ettirilib, har bir mahallada yoshlarning manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlarning natijadorligi doimiy nazorat ostida bo‘ladi.