Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH AMALGA OSHIRILDI

 QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH AMALGA OSHIRILDI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Sharipov hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan tuman
Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan Quva
tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasida manzilli o‘rganish
ishlari o‘tkazildi.
 

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktyabrda
qabul qilingan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘RQ–117-son Qonuni
talablarining ijrosi, avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash va ulardan
samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
 

Shuningdek, muassasaning moddiy-texnika bazasi, yo‘llarni joriy va mavsumiy
saqlash ishlarining tashkil etilishi, maxsus texnika va mexanizmlardan
foydalanish holati hamda sohadagi mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan
fikr almashildi.
 

O‘rganish yakunida qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish hamda yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash
bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
 

Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi, belgilangan
vazifalarning bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 3