Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
#jarayon
#jarayon

“Oybek” MFY xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi hudud deputati Egamberdiyeva Xolidaning vakili sifatida shahar Kengashi Kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat mutaxassisi tomonidan 8-Oybek saylov okrugi hududidagi “Oybek” MFY xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

❗️O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

🔹Jarayonda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, "Ayollar daftari" bilan ishlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.
Slide 1 of 3