Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏥 Deputatlik nazorati doirasida tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Dehqonariq” mahallasi hududida joylashgan 83-son oilaviy poliklinika faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–261-I-son Qonuni talablari asosida deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam, imtiyozli dori vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, tibbiyot muassasasida qonunchilik talablariga rioya etilishi va xizmatlar shaffofligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

📝 Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

🤝 Deputatlik nazorati — qonunlar ijrosini ta’minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 3