Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
Dasturlarga kiritilgan loyihalarining amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 23-Qorako‘l saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov tomonidan Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyev bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘inida Bag‘dod tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida hududda xizmat ko‘rsatish va sanoat yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan 10 ta loyiha bo‘yicha olib borilayotgan qurilish va tashkiliy ishlar, ularning bugungi holati hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

📊 Shuningdek, loyihalarning bajarilish sur’atlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilinib, mas’ullarga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

✅ Mazkur o‘rganishlar dasturlar ijrosini ta’minlash, hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10