Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
Innovatsion loyihalar amalda

 🔹“Kreativ tadbirkor yoshlar mahallalarda” loyihasi doirasida Uchko‘prik tumanida iqtidorli yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
navbatdagi tadbir tashkil etildi.
 

Tadbirda yosh ixtirochi Abduqodirov Hasanjon Habibullo o‘g‘lining mehnati alohida e’tirof etildi. U tomonidan yaratilgan vertolyot, samolyot
va kombayn mashinalari maketlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yosh tadbirkorning izlanishlari va kreativ yondashuvi uning kelajakda yirik loyihalar muallifi bo‘lishidan dalolat beradi.
 

Mazkur tadbirda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputatlari N.Imomaliyeva, O.Tupayev, N.Sultonov va L.Usmonov, shuningdek O‘zLiDeP Uchko‘prik tuman Kengashi apparat rahbari D.Nishonova hamda deputat yordamchisi F.Turg‘unova ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. 

✅Uchrashuv davomida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga
chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi. Shu bilan birga yosh ixtirochilarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularni rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

✅Tadbir yakunida yoshlarning bunday ijodiy ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish kelgusida ham izchil davom ettirilishi ta’kidlandi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1