Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
✍️ Aholi murojaatlari – doimiy e’tibor markazida

✍️ Aholi murojaatlari – doimiy e’tibor markazida

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputati tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash hamda ularga tezkor va samarali yechim topish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 7-Qushbegi saylov okrugi deputati Allabergenova Nilufar Anvarovna tomonidan “Qushbegi” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning taklif va muammolarini bevosita tinglash hamda ularni hal etish choralarini belgilashga qaratildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan uy-joy masalalari, infratuzilmani yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, muammolarning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama qilindi.

📝 Sayyor qabulda mas’ul tashkilotlar rahbarlari va mutasaddilar ham faol ishtirok etdilar. Jumladan, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i J.Ergashov, tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shakirov, hokimning birinchi o‘rinbosari N.Shamsiyev, hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Rixsiboev, mahalla faollari hamda “mahalla yettiligi” a’zolari qatnashib, har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar yuklatildi.

📌 Eng muhimi, har bir murojaat ortida inson taqdiri, oilaning manfaatlari va fuqarolarning kundalik hayoti turgani chuqur anglanib, masalalarni ortga surmasdan, imkon qadar qisqa muddatlarda amaliy hal etish tamoyili ustuvor etib belgilandi. Bildirilgan barcha murojaatlar ro‘yxatga olinib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Bunday ochiq va bevosita muloqotlar fuqarolar bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida aniqlab, ularni tizimli ravishda hal etish hamda aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 1