Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va aholi muloqoti: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
“Joyilma” mahallasida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
SHO‘RCHIDA RENOVATSIYA VA ZAMONAVIY BOSHQARUV: DEPUTATLAR PQ-48-SONLI QAROR IJROSINI O‘RGANMOQDA
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR JOYYIDA HAL ETILMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: SHO‘RCHIDA 300 O‘RINLI YANGI MAKTAB BINOSI JIHOZLANMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: OQQO‘RG‘ONDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA
янв.21
Mahallabay ishlash – xavfsiz muhit va barqarorlik garovi
янв.21
NAZORAT VA TAHLIL: YO‘LLARDA INSON XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
Navro‘z mahallasida bolalar maydonchasi holati o‘rganildi.

Navro‘z mahallasida bolalar maydonchasi holati o‘rganildi.    

 📌 Navro‘z mahallasi Zarafshon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hududidagi bolalar maydonchasining holati joyiga chiqib o‘rganildi. 

Kunlar isib borayotganiga qaramasdan, mazkur hududdagi o‘yingohning obodonlashtirish va texnik holati qoniqarsiz ekani aniqlandi.

O‘rganish davomida bolalar uchun mo‘ljallangan sport va o‘yin anjomlari talab darajasida emasligi ma’lum bo‘ldi. 

Xususan:

Basketbol shitlari temir ustunli bo‘lishiga qaramasdan yerda ag‘nab yotgan;

Ayrim konstruksiyalar mustahkam o‘rnatilmagan;

Bisetkalar (soyabonli o‘rindiqlar) shikastlangan va ag‘darilgan holatda;

Hududda umumiy obodonlashtirish ishlari yetarli darajada olib borilmagan.

Mazkur holatlar bolalar salomatligi va xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkinligi ta’kidlandi. 

Ayniqsa, og‘ir temir konstruksiyalarning yerda yotgani baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lish ehtimolini oshiradi. 

Slide 1 of 4