Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR JOYYIDA HAL ETILMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: SHO‘RCHIDA 300 O‘RINLI YANGI MAKTAB BINOSI JIHOZLANMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: OQQO‘RG‘ONDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA
янв.21
Mahallabay ishlash – xavfsiz muhit va barqarorlik garovi
янв.21
NAZORAT VA TAHLIL: YO‘LLARDA INSON XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Deputat nazorati: Maktabdagi sharoitlar, ta’lim sifati va obodonlashtirish ishlari e’tibor markazida
янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
“Mahallalarda kiberxavfsizlikni ta’minlash”

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Umirova Manzura o‘z saylov okrugidagi Ko‘ktepa va Shayxlar mahallalarida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Raximov Mutallib hamrohligida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvda mahalladagi yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar va fuqarolar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Deputat M.Umirova ishtirokchilarga kiberxavfsizlikning ahamiyatini, kibermakonda shaxs va davlat manfaatlarini himoya qilish zarurligini tushuntirdi. Shuningdek, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberhujumlarga qarshi qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi va aholining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Komissiya raisi M.Raximov kiberxavfsizlik sohasidagi davlat nazorati, texnik va huquqiy choralar, kiberhujumlarning oldini olish va ularni bartaraf etish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuvda shuningdek, mahallada kiberxavfsizlikni targ‘ib qilish va aholining savodxonligini oshirish, xususan yoshlar va xotin-qizlarni bu borada faollikka chorlash masalalari muhokama qilindi.

Mahalla faollari va fuqarolar tomonidan qiziqqan savollariga javob berildi, real hayotdagi kiberxavfsizlik tahdidlari va ularning oldini olish yo‘llari misollar bilan tushuntirildi. Shuningdek, hududdagi yoshlar va ijtimoiy faol guruhlar kiberxavfsizlikni targ‘ib qilishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida deputat M.Umirova va mahalla faollari birgalikda mahallada kiberxavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlarni tarqatish, ogohlantiruvchi seminarlar tashkil etish va aholining raqamli savodxonligini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. 

Slide 1 of 5