Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR JOYYIDA HAL ETILMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: SHO‘RCHIDA 300 O‘RINLI YANGI MAKTAB BINOSI JIHOZLANMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: OQQO‘RG‘ONDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA
янв.21
Mahallabay ishlash – xavfsiz muhit va barqarorlik garovi
янв.21
NAZORAT VA TAHLIL: YO‘LLARDA INSON XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Deputat nazorati: Maktabdagi sharoitlar, ta’lim sifati va obodonlashtirish ishlari e’tibor markazida
янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
Deputat madaniyat mahallasidagi issiqxona faoliyatini o‘rgandi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 15-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Almardonov Nurqobil Madaniyat mahallasida bo‘lib, hududdagi issiqxona xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida deputat issiqxonada yetishtirilayotgan sabzavot ekinlarining parvarishi, agrotexnik tadbirlarning olib borilishi hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, issiqxona egalari bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, mavjud sharoitlar va kelgusidagi rejalar haqida fikr almashdi. Deputat tomonidan aholini bandlik bilan ta’minlash, tomorqa va issiqxona xo‘jaliklaridan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlanib, bu borada zarur tavsiya va takliflar berildi. Mazkur tashrif hududda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, aholining daromadini oshirish hamda tomorqalardan unumli foydalanishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1