Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: SHO‘RCHIDA 300 O‘RINLI YANGI MAKTAB BINOSI JIHOZLANMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: OQQO‘RG‘ONDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA
янв.21
Mahallabay ishlash – xavfsiz muhit va barqarorlik garovi
янв.21
NAZORAT VA TAHLIL: YO‘LLARDA INSON XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Deputat nazorati: Maktabdagi sharoitlar, ta’lim sifati va obodonlashtirish ishlari e’tibor markazida
янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
E’zoz va e’tibor – inson qadriga yuksak ehtirom

 E’zoz va e’tibor – inson qadriga yuksak ehtirom 

  

🔹 “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
deputatlari Ozodaxon Dadajonova va Shuxratjon Raximovlar
tomonidan tumanning Dilkusho MFY hududida istiqomat qiluvchi
105 yoshli onaxon xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi. 

🔹 Tashrif davomida onaxonning yashash
sharoitlari o‘rganilib, xonadonda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurati
mavjudligi aniqlandi. Ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik
so‘rovi yuborish orqali amaliy choralar ko‘rish
belgilandi. 

🔹 Tashrif yakunida onaxonga bayram munosabati
bilan esdalik sovg‘alari topshirildi. Onaxon mehr va e’tibordan mamnun bo‘lib,
yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida
amalga oshirilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lishini tilab, samimiy duolar
qildi. 

🔹 Bunday uchrashuvlar katta avlod
vakillariga hurmat va e’tibor ko‘rsatish, ularning hayot sharoitlarini
o‘rganish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish
yo‘lidagi ezgu
ishlardan biridir. 

  

Telegram | Facebook | YouTube  

Slide 1 of 4