Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHO‘RCHIDA RENOVATSIYA VA ZAMONAVIY BOSHQARUV: DEPUTATLAR PQ-48-SONLI QAROR IJROSINI O‘RGANMOQDA
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR JOYYIDA HAL ETILMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: SHO‘RCHIDA 300 O‘RINLI YANGI MAKTAB BINOSI JIHOZLANMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: OQQO‘RG‘ONDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA
янв.21
Mahallabay ishlash – xavfsiz muhit va barqarorlik garovi
янв.21
NAZORAT VA TAHLIL: YO‘LLARDA INSON XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Deputat nazorati: Maktabdagi sharoitlar, ta’lim sifati va obodonlashtirish ishlari e’tibor markazida
янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
Deputat tomonidan hududda aholini kambagʻallikdan chiqarish borasidagi ishlar holati oʻrganildi.

Oʻrganishlarda mahalladagi quyonchilik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan Shuhrat Latipov xonadonida boʻlindi. 2023-yilda hokim yordamchisi tomonidan fuqaroga bankdan 20 million soʻm kredit mablagʻlari evaziga 20 bosh quyon olib berilgan. Bugunga kelib “velikan” va “baran” zotli quyonlari soni 200 boshdan oshgan.

Jumladan “velikan” turdagi quyon yarim yildan koʻproq muddatda yaxshi parvarishlansa, 7-8 kilogramm “tosh” bosadi. Bemalol 6 kilogramm atrofida parhezbop goʻsht qiladi. Demak, quyon goʻshti kilogramini oʻrtacha 70 ming soʻmdan hisoblaganda, har bir bosh yetilgan quyon kamida 300 ming soʻm daromad degani. Fuqaroni bildirishicha, quyon tez koʻpayarkan, ikki oyga bormay, birinchi tugʻishida 7-8 tagacha bolalaydi. Oʻt beda, shuningdek, sabzi, karam, sholgʻom kabilar bilan oziqlanadi. Quyonlarni tugʻilganidan 20 kunligida chiqarib sotishga oʻtiladi. Quyon goʻshti kilogramini oʻrtacha 70 ming soʻmdan hisoblaganda, har bir bosh yetilgan quyon kamida 300 ming soʻm daromad degani. Bir yillik daromad manbai esa 35-40 million soʻmni tashkil etmoqda. Hozirgi kunda hokim yordamchisi tomonidan Sh.Latipovning quyonchilik tajribasi hududdagi fuqarolarga namuna sifatida keng ommalashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Slide 1 of 7