Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: SHO‘RCHIDA 300 O‘RINLI YANGI MAKTAB BINOSI JIHOZLANMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: OQQO‘RG‘ONDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA
янв.21
Mahallabay ishlash – xavfsiz muhit va barqarorlik garovi
янв.21
NAZORAT VA TAHLIL: YO‘LLARDA INSON XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Deputat nazorati: Maktabdagi sharoitlar, ta’lim sifati va obodonlashtirish ishlari e’tibor markazida
янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
Yosh ijodkorlar — deputat e’tiborida

Yosh ijodkorlar — deputat e’tiborida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi KQ-35-V-sonli qarori bilan belgilab qo'yilgan Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etish boʻyicha hamkorlik yo'nalshlaridan kelib chiqib yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish boʻyicha yoshlar oʻrtasida turli madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari tashkil etish vazifalari ijrosi yuzasidan tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabida yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish maqsadida adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi - deputat Q. Igamberdiyeva tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Deputat tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning ijodiy qiziqishlari, kelajak rejalari bilan qiziqdi. Shuningdek, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, bunday tashabbuslar izchil davom ettirilishini bildirdi.

 Tadbir jarayonida yosh ijodkorning ilk to‘plami taqdim etilib, kitobning badiiy ahamiyati, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalari muhokama qilindi. Deputat tomonidan yosh ijodkorlarga amaliy tavsiyalar berilib, ularni yanada faol ijod qilishga ruhlantiruvchi fikrlar bildirildi.

 Yakunda deputat tashabbusi bilan yosh ijodkorga rag‘batlantiruvchi esdalik sovg‘asi hamda maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma topshirildi.

 Mazkur tadbir yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularni ma’naviy rag‘batlantirish va ijodiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 2