Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHO‘RCHIDA RENOVATSIYA VA ZAMONAVIY BOSHQARUV: DEPUTATLAR PQ-48-SONLI QAROR IJROSINI O‘RGANMOQDA
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR JOYYIDA HAL ETILMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: SHO‘RCHIDA 300 O‘RINLI YANGI MAKTAB BINOSI JIHOZLANMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: OQQO‘RG‘ONDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA
янв.21
Mahallabay ishlash – xavfsiz muhit va barqarorlik garovi
янв.21
NAZORAT VA TAHLIL: YO‘LLARDA INSON XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Deputat nazorati: Maktabdagi sharoitlar, ta’lim sifati va obodonlashtirish ishlari e’tibor markazida
янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
Saylov okrugidagi ekologik holat deputat nazoratida

Kuni kecha xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi rahbari B.Elboyev o‘z saylov okrugida o‘tkazgan navbatdagi o‘rganishlari davomida aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan noxush holatga duch kelgan edi.

O‘rganishlar davomida hududda axlat uyumlari yig‘ilib qolgani, bu esa atrof-muhit musaffoligiga putur yetkazish bilan birga, sanitariya-epidemiologik vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi.

Mazkur muammoni zudlik bilan bartaraf etish va hududni chiqindilardan tozalash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish maqsadida, deputat tomonidan tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga 2026-yil 20-fevral sanasi bilan rasmiy 16-ds-350-26-sonli Deputat so‘rovi yuborildi.