Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va hamjihatlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan ijtimoiy obyektlarda o‘rganish ishlari olib borildi
Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati va ta’lim muassasasi holati o‘rganildi

Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati va ta’lim muassasasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati M. Juraqulova “Rabotak” mahallasida bo‘lib, mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash, “Ayollar daftari” doirasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, muammolarni joyida aniqlash va hal etish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat mahalla hududida joylashgan umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ta’lim jarayonining sifati, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi. Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan ishlar muhimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, ta’lim muassasasining isitish tizimi holati o‘rganilib, mavsumiy tayyorgarlik darajasi, sinfxonalar va sport zallarining qish mavsumiga mosligi ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Tashrif yakunida mahallada ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish hamda ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 5