🍰 Ishtixon MFYda tadbirkor ayol faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Abdusalamov Elyor tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida Ishtixon MFYda 4 yildan buyon qandolatchilik yo‘nalishida samarali faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor ayol — Ahmedova Nargiza Asadullayevnaning ish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Bugungi kunda tadbirkor tomonidan:
🔹 8 xil turdagi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda;
🔹 4 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan;
🔹 40 nafardan ziyod shogirdlarga kasb sirlarini o‘rgatib kelinmoqda.
Mazkur faoliyat nafaqat tadbirkorlikni rivojlantirish, balki yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hududda bunday tashabbuskor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.