🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati N.Nadirova “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔹Uchrashuvda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmat haqida suhbatlashildi.