O‘zbekiston Ekologik partiyasi guruhi tashabbusi bilan Taxiatosh tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot eshitildi.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida:
✅ atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar,
✅ ekologik nazorat tadbirlari,
✅ suv resurslaridan oqilona foydalanish,
✅ iqlim o‘zgarishiga moslashish choralari muhokama qilindi.
Komissiya a’zolari tomonidan sohadagi mavjud muammolar tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
🌱 Ekologik barqarorlikni ta’minlash — bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.
https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi