Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Kelajagimiz bo‘lmish – yoshlarimiz tarbiyasiga yangi yondashuv”

Davlatobod tumani Xalqlar do‘stligi mahallasi hududidagi 42-sonli umumta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida profilaktik ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Xalqlar do‘stligi” hamda “Umid” mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligida, tuman Nuroniylar jamg‘armasi raisi A. Mavlonov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Akbarov boshchiligida “Uch avlod uchrashuvi” tamoyili asosida tashkil etilgan tadbirda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar tarbiyasi, vatanparvarlik, ma’naviy qadriyatlarni asrash va yoshlarni turli salbiy illatlardan himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi!  

Slide 1 of 2