Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: SHO‘RCHIDA 300 O‘RINLI YANGI MAKTAB BINOSI JIHOZLANMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: OQQO‘RG‘ONDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA
янв.21
Mahallabay ishlash – xavfsiz muhit va barqarorlik garovi
янв.21
NAZORAT VA TAHLIL: YO‘LLARDA INSON XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Deputat nazorati: Maktabdagi sharoitlar, ta’lim sifati va obodonlashtirish ishlari e’tibor markazida
янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
NAVBATDAGI SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI

Aholi bilan bevosita ochiq muloqotda bo‘lish, ularning murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarga aniq yechimlar topish va ularni joyida bartaraf etish maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatining doimiy sayyor qabullari tashkil etib kelinmoqda.

✅Mazkur sayyor qabul fuqarolarning davlat idoralari bilan yaqin muloqotini ta’minlash, ularning ehtiyoj va muammolariga yechim topishga qaratilgan amaliy tadbir sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Bugun Navoiy shahar hokimi, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev boshchiligida shahar hokimi o'rinbosarlari, mahalla mutasaddilari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida Navoiy shahar “Xalq qabulxonasi” binosida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu qabulda 20 ga yaqin fuqarolar o‘zlarining taklif, muammo va murojaatlari bilan ishtirok etishdi.

➡️ Sayyor qabul davomida aholi murojaatlari tinglandi

🟢Qabul jarayonida turli sohalardagi murojaat va muammolari, takliflari bo'lgan fuqarolar murojaatlari tinglandi.

🟢Murojaatchilar tomonidan bildirilgan kommunal xizmatlar, sog‘liqni tiklash, ijtimoiy ko'maklar olish, bandlik va ishga joylashish, kredit olish, uy-joy, yotoqxona masalalari, subsidiya ajratish, kontrakt to‘lovlari hamda boshqa dolzarb mavzulardagi murojaatlar birma-bir tinglandi.

➡️  Ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi

🟢Ko‘tarilgan murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etilib, ba'zi masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar va zarur tushuntirishlar berildi.

➡️ Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi

🟢Muddat va mas’ullar belgilanib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar mutasaddilarning nazoratiga olindi. 

✅Sayyor qabullar davomida shahar aholisining ijtimoiy farovonligi va turmush sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 6