Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va hamjihatlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan ijtimoiy obyektlarda o‘rganish ishlari olib borildi
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna “Istiqbol” MFY yettiligi bilan uchrashdi. Tadbirda deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasida yuz berayotgan o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fikr va takliflar tinglandi.“Mahalla yettiligi” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ish samaradorligi ularning har biri o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyatiga bevosita bog‘liqligi deputat tomonidan aytib o‘tildi. Muloqot davomida deputat “Istiqbol” MFY hokim yordamchisi I.Mirkamolovning o‘z yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligi bilan yaqindan tanishdi. Hokim yordamchisining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Shuningdek mahalla yettiligi bilan aholini qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish bo‘yicha gaplashildi. 

Slide 1 of 4