Guliston shahrida ichimlik suvi, ko‘cha va infratuzilma muammolari ko‘tarildi,
Guliston shahar Kengashi deputati Yu. Usmanova tomonidan Yuksalish mahallasida jamoatchilik nazorati o‘tkazilib, bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Tekshiruv jarayonida Dostlik ko‘chasidagi 10-uy oldida ichimlik suvi o‘tgan quvur teshilganligi oqibatida suv isrof bo‘layotgani aniqlandi. Shuningdek, shu ko‘chada yashovchi fuqaro S. Rahima murojaatida eski drenaj o‘rni ochiq qolib ketgani, bu esa xavfli holat ekanligi ta’kidlandi. Uni yopish yoki to‘g‘rilash zarurligi qayd etildi.