Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

             1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoni asosan tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirishto‘g‘risida.

            2. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2025-yil 30-aprel kungi VII-8-45-11-152-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.

  Xalq vakillari masʼullarga saylovchilar murojaatlari asosida aniq va qatʼiy savollar yoʼlladilar. Muhokamalar ochiq va shaffof ruhda kechdi. Shu bois, sessiya 1 soatdan ortiq davom etdi. U Bagʼdod tumani hokimligining Аxborot xizmati rasmiy telegram kanali orqali jonli efirda namoyish etildi. (https://t.me/bagdodim_news/56090). 

Slide 1 of 10