Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Bugun, 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni

Islom Abdug'aniyevich Karimov (1938–2016-y.y.) – o'zbek xalqining ulug' farzandi, mustaqil O'zbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989-yildan 2016-yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi.

Islom Karimov 1991-yil 31-avgustda O'zbekiston mustaqilligini e'lon qilgan. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o'tkazilgan umumxalq saylovida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan.

Birinchi Prezident I. Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni og'ir xastalikdan so'ng 78 yoshida vafot etdi.

Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida (2017-yil 31-avgust), Samarqandda (2017-yil 2-sentabr), Qarshida (2018-yil 30-yanvar) hamda Moskvada (2018-yil 18-oktabr) uning  haykallari tantanali ochilgan.

Shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent xalqaro aeroporti, Farg'onadagi san'at saroyi, Asakadagi avtomobil zavodiga va bir qator ko'chalarga, jumladan, Termiz shahridagi markaziy ko'chalarning biriga Islom Karimov nomi berilgan.

Slide 1 of 1