Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati O.Bakirov va “Bunyodkor” MFY masʼul xodimlari bilan birgalikda hududdagi “Gulg‘uncha” ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan elektr taʼminotidagi muammo yuzasidan qilingan murojaati joyiga borib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mazkur ko‘chaga uzatilayotgan elektr tokining belgilangan meʼyorlardan pastligi va elektr ustunlari o‘rnatilishi lozimligi aniqlandi. Ushbu masalalarni bartaraf etilishi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.