🔹Joriy yilning 13-avgust kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi doimiy komissiyalarining Qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy Kengashlarning nazorat va norma ijodkorligi faoliyatini monitoring qilish bo‘limi tomonidan joriy yil iyun oyi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
🔹Bo‘stonliq tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limida korrupsiyaviy omillarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida;
🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi 2025-yil 21-apreldagi PF–70-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida mas'ullarning hisobotlari eshitildi.
🔹Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.