🔹2025-yil 12-avgust kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining deputatlik guruhi tomonidan “Barraj” mahallasidagi 4-sonli umumta’lim maktabi, “Kichiksoy” mahallasidagi 23-sonli hamda “Yakkatut” mahallasidagi 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
🔹O‘rganish natijalariga ko‘ra, 4-sonli maktab va 23-sonli bog‘chada qurilish va kapital ta’mirlash ishlarini jadallashtirish choralari ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berilib, belgilangan ishlar ustidan deputatlik nazorat o‘rnatish belgilab olindi.