Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Ismonova Namuna mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida deputat
o‘zining deputatlik faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar hamda saylovchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati yuzasidan ma’lumot berdi. Shuningdek, saylovchilar bilan muloqot davomida ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tinglash, aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.