Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Seşsiya_qarori_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
💧 XALQ TASHABBUSI BILAN BOSHLANGAN LOYIHA — YAKUNIY BOSQICHDA!


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-sonli Zarabo‘g‘ saylov okrugi deputati X.Xojidinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan Zarabo‘g‘ mahallasida amalga oshirilayotgan loyiha holati o‘rganildi.

🇺🇿 2026-yilning 1-mavsumida O‘zbekiston Respublikasining “Ochiq budjet” portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Sherobod tumani Zarabo‘g‘ mahallasidagi Shalqon–Zarabo‘g‘ qishloqlari oralig‘ida mavsumiy sel suvlaridan samarali foydalanish maqsadida kichik suv havzasi qurish loyihasi g‘olib deb topilgan.

💰 Loyiha qiymati — 1 milliard 500 million so‘m.

🏗 Ayni paytda loyiha doirasidagi qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetib kelgan. O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, loyihaning belgilangan maqsadlar asosida amalga oshirilishi va yakuniy natijadorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🌿 Mazkur loyihaning ahamiyati nimada?

 ✅ Mavsumiy sel suvlarini to‘plash va ulardan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.
 ✅ Suv resurslaridan oqilona foydalanishga ko‘maklashiladi.
 ✅ Hududning suv bilan bog‘liq ehtiyojlarini qondirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
 ✅ Aholi tashabbusi asosida ilgari surilgan loyihaning amaliy natijasi ta’minlanadi.

🤝 “Ochiq budjet” — fuqarolar tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, mahalliy muammolarni hal etish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim mexanizm.

📌 Deputatlik nazorati doirasida bunday loyihalarning amalga oshirilish jarayonini o‘rganish, mavjud masalalarga e’tibor qaratish hamda belgilangan ishlarning sifatli yakunlanishiga ko‘maklashish muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 5