Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
DEPUTATNING AHOLI BILAN UCHRASHUVIDA KO‘TARILGAN MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.

DEPUTATNING AHOLI BILAN UCHRASHUVIDA KO‘TARILGAN MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlash va ularning ijobiy yechimini ta’minlashga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📌 Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda “Navro‘z” va “Qo‘shshukr” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi aholi bilan muloqotlar davomida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bilan bog‘liq dolzarb muammo ko‘tarildi.
📌 Fuqarolarning bildirishicha, so‘nggi ikki oy davomida mazkur mahallalarda maishiy chiqindilarni olib chiqishda uzilishlar kuzatilgan. Aholi belgilangan grafik asosida chiqindilarni ko‘chaga chiqarayotgan bo‘lsa-da, mas’ul tashkilot tomonidan ularning o‘z vaqtida olib chiqilmasligi natijasida ko‘chalarda chiqindilar to‘planib qolmoqda. Bu holat aholi uchun noqulayliklar tug‘dirib, hududning sanitariya-tozalik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
⚠️ Mazkur vaziyat chiqindilarni olib chiqish xizmatini belgilangan jadval asosida tashkil etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda hududlarda sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash zarurligini ko‘rsatmoqda.
📌 Aholi tomonidan ko‘tarilgan muammo yuzasidan Parkent tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Akramovga 2026-yil 23-oktabrdagi 62-ds-485-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborildi.
📌 Deputatlik so‘rovida “Navro‘z” va “Qo‘shshukr” MFYlarda maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqilmasligi sabablarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda chiqindilarni muntazam olib chiqilishini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.
Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar to‘g‘risida asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yildi.
⚠️ Deputatlik nazorati — aholi murojaatlarini mas’ullar e’tiboriga yetkazish bilangina cheklanmay, ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini izlash va ularning hal etilishi yuzasidan tegishli nazoratni olib borishni ham nazarda tutadi.
➡️ Aholi uchun qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratish, mahallalarda sanitariya-tozalikni ta’minlash hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 3